AsosiyJamiyat

Yunusobodda og`ir yo`l-transport hodisasi yuz berdi

10 iyundan 11 iyunga o`tar kechasi Ahmad Donish va Moyqo`rg`on ko`chalari kesishgan chorrahada (A. Donish ko`chasidan AQSh elchixonasiga qayrilishda) 3 ta avtomobil ishtirokidagi avtoxalokat yuz berdi, deya xabar beradi www.uz24.uz sayti.

Avtoxalokatga kechga yaqin ishlamay qolgan svetofor sabab bo`lgan. Bundan tashqari ko`chaning etarli darajada yorug` emasligi oqibatida Matiz, Kobalt avtomashinalari bir-biri bilan to`qnashib ketgan. To`qnashuv shu darajada qattiq bo`lganki, natijada yon tomondan ketayotgan Neksiya rusumli avtomobil ham ularga urilib ketgan.

Halokat chog`ida yo`l belgisi urib ketilgan va atrofdagi bir necha daraxtlarga ziyon etgan. Ma`lum bo`lishicha avtomobillar to`qnashuvi vaqtida taxminan 3-5 nafar kishi og`ir tan jarohatlarini olishgan.

Ular orasida kuch bilan urilgan va ezg`ilangan Neksiya avtomobili haydovchisi o`ta qattiq jarohatlangan. Avtoxalokat joyi yaqinidagi odamlar jabrlanuvchilarga Tez yordam mashinasini kutmasdanoq zudlik bilan yordam berishgan, tez fursatda Tez yordam mashinasi ham etib kelgan.

Mahalliy aholining aytishicha, bu joyda tez-tez avtoxalokat holatlari sodir bo`ladi, bunga chorrahaning noto`g`ri rejalashtirilganini sabab bo`lmoqda. 

    Boshqa yangiliklar