AsosiyDunyo

Xitoylik xakerlar Yaponiyadagi bank hisob raqamlaridan $6 mln. o`g`irlashdi

Yaponiya polisiyasi Yaponiyadagi bank hisob raqamlaridan olti million AQSh dollari miqdorida pul o`g`irlagan 6 nafar Xitoy fuqarosini qo`lga oldi. Bu haqda Kiodo agentligi xabar bermoqda. 
Xakerlar xususiy omonatga kirish uchun parollarni buzishgan  va internet orqali pullarni o`z hisob raqamlariga o`tkazishgan. Pullarning bir qismi Yaponiyada naqd pulga echilgan, qolgan qismi esa Xitoyga jo`natilgan. Yaponiya polisiyasi ma`lum qilishicha, so`nggi 5 oy ichida internet bank turidagi jinoyatchiliklardan ko`rilgan zarar 14,7 million AQSh dollarini tashkil qildi. Bu mamlakat tarixidagi ushbu turdagi jinoyatchilikdan ko`rilgan rekord darajadagi zarar. 
Internet orqali pul operasiyalarini bajarish Yaponiyada ancha ommalashgan. Bu ularga uylaridan chiqmay kerakli to`lovlarni to`lashga yordam beradi. Yaponiya banklari ushbu turdagi jinoyatchilikni oldini olish uchun barcha ishni qilishmoqda. Ammo, bu xakerlarni jinoyatdan, zarar miqdorini esa ortishidan to`xtatmayapti.

    Boshqa yangiliklar