AsosiyJamiyat

50 nafar mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun Buxoroga sayohat uyushtirildi

“Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi O`zbekiston temir yo`llari” DATK hamda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirliklari bilan hamkorlikda 11 iyun kuni Farg`ona, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridagi “Mehribonlik” uylari hamda Andijon va Sirdaryo viloyatlaridagi Bolalar shaharchalarining jami 50 nafar tarbiyalanuvchilari uchun tarixiy Buxoro shahriga bir kunlik sayohat tashkillashtirdi. Uning doirasida 50 nafar tarbiyalanuvchilar uchun “O`zbekiston temir yo`llari” DATK tomonidan bepul temir yo`l chiptalari ajratildi va “Sog`lom avlod uchun” fondi tomonidan bolalar 3 mahal issiq ovqatlar bilan ta`minlandi. Sayohat davomida bolajonlar Buxoro shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishdilar.

Ushbu tadbir bolajonlarning ta`til kunlarini yanada mazmunli va maroqli o`tkazish, ularda Vatanga bo`lgan muhabbat va milliy g`urur tuyg`usini shakllantirish, buyuk bobolarimizdan qolgan meroslarni asrab-avaylash kabi maqsadlarda tashkil etilgan.

Fond hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 2014 yil yanvar va aprel oylarida Samarqand shahriga Toshkent shahri va viloyatidagi “Mehribonlik” uylarining jami 100 nafar tarbiyalanuvchilari hamda 50 nafar Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi kam ta`minlangan va ko`p bolali oila farzandlarining sayohatlarini tashkil etgan.

2014 yil yozlari oylarida esa ijtimoiy muhofaza muhtoj bolalarni qo`llab-quvvatlash hamda ta`til kunlarini maroqli o`tishini tashkil etish maqsadida, Rossiya Federasiyasining O`zbekistondagi elchixonasining grant mablag`lari doirasida jami 350 nafardan ortiq “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari va ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi “Oxalik” oromgohi va Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanidagi “Konstruktor” oromgohlariga jalb etiladi.

    Boshqa yangiliklar