Ayni kunlarda aholi orasida avtomobil saloniga o`rnatiladigan video-registrator ta`qiqlangani haqidagi yanglish fikr paydo bo`lganligi sababli O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yo`l harakati havfsizligi davlat xizmati avtomobil saloniga faqat monitorsiz video-registrator o`rnatish mumkinligi, monitor bo`lgan taqdirda ham, u salonning old qismida bo`lmasligi lozimligi haqida o`z tavsiyalarini e`lon qildi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan yo`l harakati qoidalariga ko`ra, haydovchiga transport vositasi salonining old qismiga, shuningdek, asbob-uskunalar paneli, quyoshdan himoyalovchi soyabon hamda orqa avtomobilning oynasiga tele-videomonitorlar o`rnatish ta`qiqlanishi borasida qonuniy talablar belgilandi.
Qoidaga rioya qilinmagan shaxslar eng kam oylik ish haqining ikki barobarida jarima to`lashlari lozim bo`ladi. Qonunbuzarlik yil davomida qayta sodir etilgan taqdirda, eng kam oylik ish haqining uch barobaridan olti barobarigacha jarimaga tortiladi yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha bo`lgan muddatga mahrum qilinadi, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi rasmiy sayti.





