Suriyaning amaldagi prezidenti Bashar Asad mamlakatda o`tkazilgan prezidentlik saylovida katta ustunlik bilan g`alaba qozondi va endi u yana 7 yil davomida mamlakatga rahbarlik qiladi. Bu haqda Associated Press nashri xabar bermoqda.
4 iyun kuni parlament spikeri ovoz berish natijalarini e`lon qildi. Bashar Asadni ovoz beruvchilarni 88,7 foizi qo`llab-quvvatladi. Bu 10,3 million kishidir. Uning raqiblari bo`lgan Xassan Abdul Illohi an-Nuri hamda Moxir Abdul Hafiz Xadjar 4,3 va 3,2 foizdan ovoz to`plashdi. Yuqori konstitutsion sud 3 iyun kuni bo`lib o`tgan saylovda aholining 73,42 foizi qatnashgani haqida ma`lum qildi.





