3 iyun “Istiqlol” san`at saroyida Sofiya Rotaruning konserti bo`lib o`tishi kerak edi. Ammo, konsert ayrim sabablarga ko`ra qoldirildi.
Ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida Firuza Muradovaning “Art modern myuzik” xalqaro prodyuserlik markazi bilan bog`landik.
Bizga berilgan ma`lumotlarga ko`ra, konsert 3 sentyabr kuni bo`lib o`tadi. Konsertning qoldirilish sabablari qilib, san`atkorning betobligi va Toshkentdagi havoning issiqligi ko`rsatildi. Harid qilingan chiptalar o`z kuchini yo`qotmaydi.





