AsosiyDunyo

Britaniyalik akulaga em bo`lishiga oz qoldi (VIDEO)

31 yoshli britaniyalik Lyu Smart akulani tasvirga tushirmoqchi bo`lib, unga em bo`lishiga oz qoldi.  

U akuladan bir necha santimetr uzoqlikda o`tib ketdi. Youtubega joylangan ushbu dahshatli video bir haftaning ichida mingdan ortiq marotaba ko`rildi, deya xabar beradi The Telegraph.
Smartning so`zlariga ko`ra, u gigant akulaning suzgichini ko`rgan vaqtda sohilda bo`lgan. Ammo, shundan so`ng xavfsiz joyga o`tish  o`rniga u kamerani olib,  akula tomon suzgan.

Keyinchalik Lyu Smart bu turdagi akulalar qo`rqinchli ko`ringani bilan inson uchun xavfsiz ekanini ma`lum qildi. 

    Boshqa yangiliklar