29 may kuni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Toshqin suvlari va sel oqimlarini O`zbekiston Respublikasi suv oqimlari bo`ylab barqaror va xavfsiz o`tkazib yuborishni ta`minlash loyihalarini shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan o`tkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” Qaror qabul qildi.
Qaror butun mamlakat hududiga tegishli bo`lib, aholi yashovchi punktlari, sug`oriladigan erlar, suv xo`jaligi va boshqa ijtimoiy obektlarni himoya qilishga qaratilgan. Himoya vositalarining qurilishi va rekonstruksiyasi har yilgi ko`rib chiqiladigan dasturga muvofiq amalga oshiriladi.
Dastur suv xo`jaligi, gidrometeoroliya va boshqa tabiiy-xo`jalik suv oqimlari sharoitiga asoslangan bo`lib, “joylarda” tashkil etiladi.
Qarorga muvofiq xo`jalik sub`ektlari o`z hisoblaridan o`zlariga tegishli ijtimoiy ob`ektlarini himoya qilish choralarini ko`rishadi, deya xabar beradi Norma.





