Kolumbiyaning Nobsa shahrida kolumbiyalik hamda braziliyalik qo`ylar jamoasi o`rtasida noodatiy futbol uchrashuvi bo`lib o`tdi.
Unda 3:4 hisobida kolumbiyalik jonivorlar g`alaba qozonishdi, deb yozadi Fox News.
Ushbu uchrashuv Braziliyada bo`lib o`tadigan jahon chempionati oldidan o`tkazildi. Uchrashuv tashkilotchilari qo`ylarni ikki terma jamoa liboslariga kiyintirib qo`yishdi.
Qayd etilishicha, hayvonlar futbol o`ynashga o`rgatilgan. Kolumbiyalik murabbiylarga bu uchun ikki hafta vaqt ketdi halos. Tarixiy uchrashuvni kuzatish uchun esa 500 ga yaqin kishi tashrif buyurdi.
Uchrashuv 50 daqiqa davom etib, uchrashuv davomida qo`ylar maydon markazida o`tlarni eb to`xtab qolgan vaziyatlar ham bo`ldi.
Qiziqarli kechgan uchrashuvda 4:3 hisobda Kolumbiya qo`ylari g`alaba qozondi. Hal qiluvchi golni Jeyms Rodriges futbolkasidagi qo`y kiritdi.





