Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida o`z farzandini o`ldirgan 20 yoshli ayol ustidan tergov ishlari boshlandi.
Ma`lum bo`lishicha, millisiya xodimlariga mazkur holat yuzasida tug`ruqxona xodimlari qo`ng`iroq qilishgan, bu haqda Gazeta.uz "Postda" nashriga asoslangan holda xabar bermoqda.
Ayol shifokorlarga 12 may kuni opasining uyida o`g`il tuqqani, so`ng bolani elim xaltaga o`rab, hojatxona o`rasiga tashlab yuborganini ma`lum qilgan.
Shundan so`ng chaqaloqning jasadi olib chiqilgan va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan. Voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.





