AsosiyShou-biznes

Shahzoda Ravshan Ermatovga omad tiladi

Estradamizning maftunkor xonandalaridan biri Shahzoda Braziliyaga uchib ketgan Ravshan Ermatovga omad tiladi, - deb yozadi Pressnews nashri. 

Xonanda o`zining Instagram’dagi sahifasida “Tabriklayman. Jahon chempionatiga chaqirilgan MDH va Boltiq bo`yi mamlkatlaridan yagona hakam, omad”,-deya izoh qoldirdi. 

30 may kuni Ravshan Ermatov 12 iyun - 13 iyul kunlari o`tkaziladigan futbol bo`yicha jahon chempionati uchrashuvlarini boshqarish uchun Braziliyaga yo`l oldi. 

Avvalroq, xonanda Shahzoda o`zbek futbolchilariga atab "Faqat g`alaba bo`lsa bas" deb nomlangan qo`shiq kuylagani haqida xabar bergan edik. Ushbu taronaga tez kunlarda eng mashhur futbolchilar ishtirokida klip ham suratga olish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar