AsosiySport

Bugun O`zbekiston - Ummon uchrashuvi bo`lib o`tadi

Bugun O`zbekiston milliy terma jamoasi  Ummon milliy terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik uchrashuvini  o`tkazadi.

Uchrashuv bugun 19:00 da  Olmaliqda yangi qurib bitkazilgan OKMK sport majmuasi stadionida bo`lib o`tadi.

29 may, payshanba kuni Toshkentdagi «Jar» stadionida ushbu terma jamoalar ikkinchi o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazishadi.

O`FF Terma jamoalar markazidan ma`lum qilishlaricha, har ikkala o`yin uchun chiptalar 7 ming va 10 ming so`mdan sotiladi.

Eslatib o`tamiz, Ummon milliy terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik uchrashuvlari Maksim Shaskix, Viktor Karpenko va Ulug`bek Baqoevlarning O`zbekiston milliy terma jamoasidagi xayrlashuv uchrashuvlari bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar