2014 yilning ohirigacha Toshkent shahar tez tibbiy yordam xizmati 40 ta yangi maxsus avtomobil sotib olishni rejalashtirmoqda.
Shulardan 10 tasi Hyundai va 30 tasi Damas rusumidagi avtomobillardir.
Anhor.uz nashrining xabar qilishicha, Hyundai avtomobillari tez chaqiruvlarga mo`ljallangan bo`lib, ular zaruriy uskunalar bilan jihozlanadi. Avtomobilga o`rnatilgan GPS-navigatorlar monitoring olib borib, ekipajlarning ishini optimallashtirishga hamda tez tibbiy yordam xizmatini kutish vaqtini qisqartirishga yordam beradi.





