29 may kuni Toshkentdagi Turin politexnika universiteti ochiq eshiklar kunini o`tkazadi. Bundan maqsad ushbu oliy o`quv yurtiga kirmoqchi bo`lgan abiturientlarni universitet faoliyati bilan tanishtirishdan iborat.
Gazeta.uz nashrining xabar berishicha, hozirda universitet 2014/2015 o`quv yillari uchun hujjatlar qabul qilmoqda. Qabul 15 iyunga qadar davom etadi. Bu yil universitet bakalavriatga 175 nafar talaba qabul qiladi.
Universitetga kirish istagida bo`lgan abiturientlar 15 apreldan 15 iyungacha on-layn ro`yhatdan o`tishlari lozim. On-layn ro`yhatdan o`tmagan abiturientlarning hujjatlari qabul qilinmaydi va ular kirish imtihonlariga kiritilmaydi.
Kirish imtihonlarini o`tkazish sanasi 30 iyundan 12 iyulgacha aniqlanadi. Test natijalari 6 avgustga qadar e`lon qilinadi.





