AsosiyShou-biznes

Uzoq kutilgan premeraga oz qoldi

“Geolog. O`limdan kuchli” filmining taqdimot kuni ma`lum bo`ldi.

22 may kuni yilning eng kutilayotgan filmi “Geolog. O`limdan kuchli” filmning taqdimoti bo`lib o`tadi. Filmning jahon premeralari Toshkent, Moskva va Nyu-Yorkda bo`lib o`tadi.

O`zbekistonning ilk prodyusserlik filmi Royal Cinema va Mega Cinema kinoteatrlarida 23 maydan namoyish etiladi.

Uz24.uz nashrining xabar berishicha, filmning dublyaj ishi Evropaning eng yirik studiyalaridan biri – Moskvaning «Sinelab» kompaniyasida amalga oshirilgan. 

Film ijodkorlari: prodyuser Oybek Abdushukurov, loyiha muallifi Muxlisa Azizova, rejissyor Dilmurod Masaidov, operator Dilmurod Turdiboev va kompozitor Shuhrat Zokirovlardir. Filmda aktyorlardan Bobur Yuldashev, Adiz Radjabov, Oleg Galaxov, Nozim To`laxo`jaev, Gulchehra Jamilova, Mixail Kamenskiy va Seydulla Maldaxanovlar suratga tushishgan.

Filmga saundtrek xonanda Shahzoda tomonidan ijro etilgan.

 

    Boshqa yangiliklar