AsosiyShou-biznes

Alisher Fayz konsertining ilk kunini ustozi Ozodbek Nazarbekovga ehtiromdan boshladi (FOTO)

14 may kuni “Istiqlol” san`at saroyida O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artist Alisher Fayzning “Yuragimga yaqinsiz” deya nomlangan konsert dasturi boshlandi.

“O`zbeknavo” estrada birlashmasi rasmiy saytida xabar berilishicha, Alisher Fayz konsertining ilk kuni unga tashrif buyurgan estrada yulduzlarini e`tirof eta turib,  ustozi O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovga ta`zim ila ehtirom etdi.


Dasturga sahnalashtirilgan raqslar, hususan Parizoda guruhi raqqosalari konsert tarovatiga  o`zgacha maftunkorlik bahsho` etdi. 


Shu bugun katta sahnada ilk bora Alisher Fayzning ukasi Xurshid Turdiev ham qo`shiq kuyladi. 
Onalarning farzandiga allasini eshitganmiz. Otalarnichi? Alisher Fayz bugun otalarning jajji murg`ak farzandlariga bag`ishlangan qo`shiq hadya etdi...  Xonanda ijrosidagi xorazmcha ohangda kuylangan qo`shiq  tomoshabinlarda katta qiziqish uyg`otdi.  Alisher Fayz o`z ijod yo`nalishiga xos bo`lmagan  buxorocha Mavrigi kuylaganida tomoshabin chinakam yayradi. 
Konsert yakunida Alisher Fayz "Sog`lom bola yili"ga bag`ishlab tayyorlangan qo`shig`ini ijro etdi. 

Eslatib o`tamiz, konsert dasturi 18 mayga qadar davom etadi.

Suratlar "O`zbeknavo" saytidan olingan.

    Boshqa yangiliklar