AsosiyJamiyat

Nevarasini 500 AQSh dollariga pullamoqchi bo`lgan buvi qo`lga olindi

Joriy yilning yanvar oyida ikki nafar bolaning onasi Marina (qaxramonlarning ismlari o`zgartirilgan) bevaqt hayotdan ko`z yumdi.

Undan qolgan o`smir yoshdagi farzandi Ruslan va besh yashar Ma`ruf Marinaning ota-onasi, ya`ni buva va buvisi bilan katta bo`ladi. Bolalarni parvarishlash qariyalarga qiyinchilik tug`diradi. Bu haqda Margarita Petrovna qizining ko`p yillik o`rtog`i Radmilaga aytib berdi. Keyinchalik tergov davomida bolalarning buvisi va Radmilaning ko`rsatmalari bir-biridan farq qila boshlaydi. Radmilaning aytishicha, Rita xola katta nevarani qoldirmoqchi, kenjasini esa biror-bir yaxshi insonlarga bermoqchi bo`lgan. Margarita Petrovna esa aksincha, qizining dugonasiga bolalarga qarash qiyinligi, ularni bolalar uyiga olib ketishlari mumkinligini aytganida, Radmila yordam berishni taklif qilgan, deya ko`rsatma bergan. Bu haqda Podrobno nashri xabar beradi.

Buvining so`zlariga ko`ra, Radmila unga muammo echimi faqat bitta ekanligini va bolani o`ziga to`q bo`lgan oilaga taklif etish kerakligini aytgan.

O`sha tanish bilan keyingi kun poytaxtning Uchtepa tumanidagi qahvaxonalarlan birida uchrashishga kelishilgan. U erda besh yashar Ma`ruf uchun 500 AQSh dollari miqdorida to`lov berilayotgan paytda Margarita Petrovna va vositachi Radmila huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qo`lga olingan. Hozirda tergov natijalari bo`yicha ish sudga oshirildi.

 

    Boshqa yangiliklar