AsosiyJamiyat

Aviayo`lovchilarga qo`l yukida suyuqlik olib o`tishga ruhsat berildi

“O`zbekiston havo yo`llari” MAK yo`lovchilarning qo`l yuki tarkibida barcha turdagi suyuqliklar, aerozollar va gellarni olib ketishning man etilishi bekor qilingani haqida xabar berdi.

1 maydan “Havo kemasi sahniga yo`lovchilar tomonidan qo`l yuki bilan va bojsiz savdo mahsulotlari tarkibida olib kiriladigan suyuqliklar, gellar va aerozollarning aviasion xavfsizligini nazorat qilish tartibi haqida muvaqqat yo`riqnoma”ga o`zgartirish kiritildi.

O`zbekiston Respublikasi aeroportlaridan uchib ketadigan yo`lovchilarga quyidagi shartlarga amal qilinganda havo kemasi sahnida qo`l yuki tarkibida va yonida barcha turdagi suyuqliklar, aerozollar va gellarni olib ketishga ruxsat etiladi:

- barcha suyuqliklarni sig`imi 100 ml dan ko`p bo`lmagan idishlarda olib ketish lozim;

- sig`imi 100 ml dan ko`p bo`lgan konteynerlarga joylashtirilgan suyuqliklar tashish uchun qabul qilinmaydi, ular qisman to`ldirilgan bo`lsa ham;

- idishlar shaffof, zich yopiladigan, hajmi 1 litrdan ko`p bo`lmagan plastik paketlarga bemalol joylashtiriladigan bo`lishi kerak;

- plastik paket aviasiya xavfsizligi nazorati punktida maxsus texnik vositalardan foydalangan holda ko`zdan kechirish uchun taqdim etilishi kerak;

- har bir yo`lovchiga faqatgina 1 ta (bitta) hajmi 1 litr shaffof plastik paket olib ketishga ruxsat etiladi

    Boshqa yangiliklar