AsosiyDunyo

"Sevol" halokati qurbonlari soni 268 nafarga etdi

Cho`kib ketgan "Sevol" kemasi qidiruv qutqaruv ishlari davomida hozirgi vaqtga kelib 268 kishining jasadi topildi. Bu haqda ITAR-TASS axborot agentligi xabar bermoqda. 

Janubiy Koreya sohillarida cho`kib ketgan Sevol kemasi qutqaruv ishlari 22 kundan beri davom etmoqda. 7 mayga kelib bedarak yo`qolgan yo`lovchilar soni 34 nafarni tashkil qildi. 
Eslatib o`tamiz, bortda 476 kishi bo`lgan "Sevol" yo`lovchi kemasi 16 aprel kuni halokatga uchragan. Ulardan 325 nafari Chejudo oroliga sayohatga otlangan maktab o`quvchilar bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar