“O`zbekiston havo yo`llari” MAK Dubay-Toshkent yo`nalishida parvoz amalga oshirmoqchi bo`lgan yo`lovchilarni ogohlantiradi.
Joriy yilning 1 mayidan 20 iyuligacha Dubay xalqaro aeroportining uchish-qo`nish yo`laklaridan birida ta`mirlash ishlari olib boriladi, shu munosabat bilan ikkinchi uchish-qo`nish yo`lagiga ish hajmi ortadi. Shu sababli Dubay aeroportiga yoki undan parvoz amalga oshirayotgan aviakompaniyalar parvozlarni jadvalga jiddiy rioya etgan holda amalga oshirishlari haqida ogohlantirildi.
Shu sababli “O`zbekiston havo yo`llari” milliyaviatashuvchisi Dubay-Toshkent reysi parvoziga ro`yxatdan o`tish uchun 3 soat, reys uchishidan esa kamida 30 daqiqa oldin kelishlari kerakligini ma`lum qildi.
Samolyotga chiqishga o`z vaqtida kelmagan yo`lovchilar reysdan qoldiriladi. Bundan tashqari, ro`yxatga olingan yukni reysdan olib qolish uchun 140 AQSh dollar to`lash zarur bo`ladi.





