O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari tomonidan 2014 yil 17 yanvarda tasdiqlangan «Oliy ta`lim muassasalarini attestasiyadan o`tkazish jadvali» asosida 31 ta oliy ta`lim muassasasida attestasiya jarayoni o`tkazilmoqda.
Attestasiya O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 21-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o`tkazish tartibi to`g`risida Nizom» hamda O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008 yil 14 iyulda 1836-son bilan davlat ro`yxatiga olingan «O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalarini attestasiyadan o`tkazish mezonlari va texnologiyalari bo`yicha yo`riqnoma» asosida amalga oshirilmoqda.
Attestasiya jarayonida barcha 31 ta oliy ta`lim muassasasining «O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o`tkazish tartibi to`g`risida Nizom»da belgilangan faoliyat yo`nalishlari o`rganildi. Shuningdek, 17 ta oliy ta`lim muassasasida talabalarning bilim darajasini aniqlash bo`yicha test sinovlari, yozma ishlar, ijodiy imtihonlar o`tkazildi, 14 ta oliy ta`lim muassasasida ushbu jarayon davom ettirilmoqda.





