AsosiyJamiyat

Beeline bosh direktori abonentlarning savollariga shaxsan javob bermoqchi

Beeline aloqa operatori kompaniya rahbariyati va mijozlar o`rtasida yangi aloqa kanalining ishga tushgani haqida xabar beradi.

6 maydan boshlab abonentlar Beeline faoliyati haqida savol va tilaklarini GD@beeline.uz elektron manzili orqali yuborib, bevosita bosh direktorning o`zidan javob olishlari mumkin.

“Biznes-jarayonlarning ochiq-oydinligi doimo Beeline‘ning tashrifnomasi bo`lgan, – deydi Unitel MChJ bosh direktori Aleksandr Vorobyov. – Yangi elektron quti aslo call-markazi, korporativ sayt yoki ijtimoiy tarmoqlardagi uyushmalarning o`rnini egallamaydi. Lekin ko`p hollarda abonentlarda umumiy savollar paydo bo`ladi: kompaniya rejalari, tarmoqning kengayishi va rivojlanishi haqidagi savollar ko`pchilikni qiziqtiradi. Ko`pchilik nafaqat 0611 operatoriga, balki Beeline‘ning bevosita rahbariga o`z savolini berishni istaydi. Mijozlarning xatlariga maksimal darajada e`tibor qaratishga va`da beraman”.

GD@beeline.uz elektron manzili doimiy ravishda amal qiladi, kompaniya yozuvlarning maxfiyligini kafolatlaydi.

    Boshqa yangiliklar