16 aprel Janubiy Koreya sohillarida cho`kib ketgan "Sevol" kemasi qutqaruv ishlarida ishtirok etgan g`avvoslardan biri halok bo`ldi. Navbatdagi suv osti qidiruv ishlari davomida u hushidan ketgan, so`ngra yaqin oradagi shifoxonaga etkazilgan. Biroq shifokorlar esa uni qutqarib qola olishmadi.
Undine Marine Industries xususiy kompaniyasida xizmat ko`rsatuvchi g`avvos 25 metr chuqurlikka tushganidan 5 daqiqa o`tib, u bilan aloqa yo`qolgan. Ushbu voqeadan so`ng kema atrofidagi barcha ishlar vaqtinchalik to`xtatildi.
Sevol kemasi qidiruv qutqaruv ishlarining 19-kuniga kelib, halok bo`lganlar soni 262 nafarga etdi. 40 kishining taqdiri noma`lumligicha qolmoqda.





