Bugun “Toshkent” temiryo`l vokzali yaqinida joylashgan "Temiryo`l" muzeyi yonida Mercedes Benz rusumli avtobus yonib ketdi.
“Boshliq” va “Qo`yliq” massivlari oralig`ida harakatlanadigan №12 avtobus harakat paytida tutab ketgan va buning oqibatida avtobusning orqa qismida yong`in chiqqan.

Ko`rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida barcha yo`lovchilar zudlik bilan evakuasiya qilingan. Voqea joyiga o`t o`chiruvchilar brigadasi etib kelib, tez orada yong`in bartaraf etilgan.
IIV YoXBB ma`lumotlarga ko`ra, hodisadan hech kim jabrlanmagan.
Suratlar Facebook ijtimoiy tarmog`ining "Voditeli Tashkenta" guruhi foydalanuvchilari tomonidan olingan.





