AsosiyJamiyat

Avtoturargohda 7 ta avtomashina yonib ketdi (foto)

'Avtoturargohda 7 ta avtomashina yonib ketdi (foto)'ning rasmi

Kecha, 31 yanvar kuni soat 18:22 da Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Asalobod 1-daha 1-uyda joylashgan «Eksilon Invest» MChJga qarashli avtoturargohda yong`in sodir bo`lgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko`ra, ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan.

Yong`in oqibatida avtoturargohning 100 kv. m. maydonida joylashgan tom qismi va shu erda bo`lgan turli rusumdagi jami 7 ta avtomashina yonib zarar ko`rgan. Yong`in kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar