O`sh bozorining shimoliy-sharqiy qismida katta yong`in sodir bo`ldi, deb xabar berdi Knews.kg nashri.
Voqea joyiga 5 ta o`t o`chirish brigadasi etib keldi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yong`in savdo nuqtalaridan biridan chiqqan. Soat 09:48 da yong`in haqida xabar berilgan.
Jabrlanganlar yo`q. Bozor atrofini qalin tutun o`rab olgan. Yong`inning ilk daqiqalarida sotuvchilar omborxonada va savdo nuqtalarida bo`lgan tovarlarni olib chiqishga harakat qilishdi. Yong`in kuchaygandan keyin o`t o`chiruvchilar yonayotgan pavilonlarga hech kimni kirgizmadi.
O`t o`chiruvchilarning harakatlarini tomosha qilish uchun yuzlab odamlar yig`ildi. Hozircha talon-tarojlik fakti haqida ma`lumot berilmadi.






