AsosiyJamiyat

Toshkent shahri aholisi so`nggi besh yilda besh foizga oshdi

'Toshkent shahri aholisi so`nggi besh yilda besh foizga oshdi'ning rasmi

2018 yilda Toshkent shahridagi aholi soni 2 million 498 mingtaga etishi kutilmoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, 2017 yil oxiriga kelib O`zbekiston poytaxtida istiqomat qilayotganlar 2 million 465 ming kishiga etgan. 2012 yilda bu ko`rsatkich 2 million 342 mingtani tashkil etgan.

2018 yilda poytaxtda tahsil olayotgan talabalar sonining ham qisqarishi kutilmoqda. Xususan, o`tgan yilda 109 ming nafarga yaqin talaba ro`yxatga olingan bo`lsa, joriy yilda ularning soni qariyb 7 mingtaga kamayadi.

Pensionerlar soni bo`yicha keyingi besh yildagi eng yuqori ko`rsatkich 2017 yilda qayd etilgan bo`lib, 326 ming nafarga etgan. Joriy yilda bu raqam 312 mingtani tashkil etishi prognoz qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar