AsosiyJamiyat

2018 yilda O`zbekistonda 1000 ta innovasion pillaxona tashkil etiladi

'2018 yilda O`zbekistonda 1000 ta innovasion pillaxona tashkil etiladi'ning rasmi

«O`zbekipaksanoat» uyushmasida mamlakatimizda pilla etishtirishni ko`paytirish bo`yicha «yo`l xaritasi» ishlab chiqildi. Bu haqda O`zA ma`lum qildi.

Unga ko`ra kelgusida yilda ipak qurtini 3-4 marta parvarishlab, mo`l hosil olish mumkin. Tutzorlarda parrandachilik va asalarichilik, chorvachilik va quyonchilikni rivojlantirish, ikkilamchi qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtirish imkoniyati bo`ladi. Buning uchun har 5 gektar tutzorda bittadan innovasion pilla etishtirish maskani barpo etiladi.

Ayni vaqtda «O`zbekipaksanoat» uyushmasida innovasion pillaxonalar qurish ishlari qizg`in bormoqda. Bizga ma`lum qilishlaricha, har bir yangi ishlanma, innovasion g`oya balandparvoz gaplar va turli (bir necha yillar ilgari ishlab chiqilib, amaliy natija bermagan) "indeks"lar asosida faqatgina qog`ozlarda qolib ketmasdan, balki oddiy va puxta hisob-kitoblar asosida real hayotga tadbiq etilmoqda.

2017 yilda Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Andijon va Farg`onada 150 dan ortiq ana shunday pillaxonalar qurilib, foydalanishga topshirildi. Ularda yiliga ikki marta, hattoki Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida uch marta ipak qurti boqilib, mo`l hosil etishtirildi.

Joriy yilda yana mingta, 2023 yilgacha 10 mingta ana shunday innovasion pillaxonalar qurilib, tayyor mahsulotlar eksporti bir milliard dollarga etkaziladi.

Eng muhimi esa eksport hajmi oshib, valyuta tushumi ko`payishi qishloq aholisining turmush farovonligini yanada yaxshilanishini ta`minlaydi. Aslida innovasion loyihalarning asosiy maqsadi ham shu emasmi?!

    Boshqa yangiliklar