AsosiyJamiyat

17 yarim million so`mlik tarixiy buyumlar saqlab qolindi

'17 yarim million so`mlik tarixiy buyumlar saqlab qolindi'ning rasmi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “G`ishtko`prik” chegara-bojxona komlpeksida fuqaro N.Ismailova 1800-1956 yillar oralig`ida zarb qilingan 886 dona tanga, 244 dona qadimiy, 1 ming 140 dona mis va 1 dona arab tilida zarb qilingan kumush tangalarni qo`shni davlatga olib o`tayotganda qo`lga olindi.

3d789aaf37b1cfacc2982e4de7e9152c.jpg

Davlat bojxona qo`mitasining rasmiy veb-saytida keltirilishicha, bundan tashqari, N.Ismoilova sobiq Ittifoq davriga oid 5 turdagi 69 dona orden va medallarni hamda 3 dona mukofotni tasdiqlovchi guvohnomalarni ham olib chiqishga uringan.

bcdab4a605f498ab4683810153876a30.jpg

Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra ularning taxminiy qiymati salkam 17,5 million so`mni tashkil qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar