Xanti-Mansiysk avtonom okrugi hududida yashirinayotgan jinoyatchi O`zbekistonning tegishli idoralariga topshiriladi. Bu haqda Podrobno nashri Rossiya Federasiyasi prokuraturasining ma`lumotlariga asoslangan holda xabar bermoqda.
Rossiya prokuratura organlari tomonidan 2013 yilda Toshkent viloyatida sodir etilgan bosqinchilik jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi uchun O`zbekistonning tegishli organlari tomonidan qidirilayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi Pavel Martinenkoga nisbatan ekstradision tekshiruv o`tkazildi.
U dastlabki tergov organlari tomonidan yashirinayotganligi sababli qidiruvga e`lon qilingan hamda sud qamoqqa olish qarorini chiqargan. Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 2014 yilning yanvar oyida Martinenko Nagyan shaxri ichki ishlar idorasi xodimlari tomonidan ushlangan va qamoqqa olingan. Okrug prokuraturasi o`tkazgan tekshiruvga ko`ra, RF Bosh prokuraturasi Pavelni jinoiy javobgarlikka tortish uchun O`zbekiston Respublikasiga topshirish qarorini qabul qildi.
Mazkur qaror qonuniy kuchga kirdi va yaqin orada Martinenko O`zbekiston Respublikasining tegishli organlariga topshiriladi.





