AsosiyJamiyat

Andijonga Hindistondan investorlar keldi

'Andijonga Hindistondan investorlar keldi 'ning rasmi

Andijon viloyati hokimi Shuxratbek Abdurahmonov Hindistondan tashrif buyurgan investorlar: Avtar Sinx va Bxardvaj Anupamlarni qabul qildi, deb xabar berdi hokimlik matbuot-xizmati.

Uchrashuv davomida investorlar viloyatda yangi mehmonxonalar ochish, turizm sohasini rivojlantirish, ho`l va quruq meva-sabzavotlarni eksport qilish; farmasevtika mahsulotlari, terini qayta ishlash va xalq istemoli mollarini ishlab chiqarish bo`yicha takliflar berdilar.

O`z o`rnida viloyat hokimi hududda sanoatni rivojlantirish, yangi ish o`rinlari yaratishga ko`maklashuvchi bunday kelishuvlarni qo`llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Shuningdek, uchrashuvda o`zbek va hind xalqlari tarixi, adabiyoti, musiqasi, rassomchilik va arxitekturasi, ularning bir-birini boyitishi va to`ldirishi andijonlik Zahiriddin Muhammad Bobur va Boburiylar nomi bilan chambarchas bog`liqligi, ularning o`chmas merosi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, O`zbekiston va Hindiston o`rtasida ko`p asrlik savdo, fan, madaniyat sohalaridagi samarali almashinuv an`anasini davom ettirish uchun kuchli salohiyat yaratishi ta`kidlandi.

Uchrashuv yakunida, an`anaga muvofiq, mehmonlarga estalik sovg`alar va Andijon viloyati haqidagi uchta tilda yozilgan kitob tuxfa etildi.

    Boshqa yangiliklar