AsosiyJamiyat

Toshkentda 5-sinf o`quvchisi do`stini qutqarib, o`zi cho`kib ketdi

'Toshkentda 5-sinf o`quvchisi do`stini qutqarib, o`zi cho`kib ketdi'ning rasmi

Toshkentda 134-maktabning 5-sinf o`quvchisi Abdulloh kanalga tushib ketgan sinfdoshi Shohjahonni qutqaraman deb o`zi halok bo`ldi. Bu haqda FVV xabar bermoqda

2018 yil 21 yanvar kuni Toshkent shahar Olmazor tumani «Yoshlik» mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi sinfdoshlar (134-maktab 5-sinf o`quvchilari) Abdulloh va Shohjahon har kungidek sayrga chiqqan edilar. Ikki do`st yo`l yo`lakay bir-biri bilan hazillashib, quvalashib kelishar edi. Olmazor tumani Qoraqamish 2/5 mavzesi hududidan oqib o`tuvchi suv kanal yoniga kelganlarida Shohjahonning bolalik sho`xligi tutib ketdi. U ko`prik yonidan o`tgan suv quvuridan yugurib o`tmoqchi bo`ldi. Shohjahon biroz yurdi, biroq oyog`i sirpanib suvga tushib ketdi. Juda tez sodir bo`lgan voqeadan o`zini yo`qotib qo`ymagan jasur Abdulloh insonparvarlik, mardlik g`ururi jo`shib ketib, do`stining hayotini saqlab qolish hissi paydo bo`ldi. Abdulloh bir necha yildan buyon suzish to`garagida shug`ullangani qo`l keldi, deyiladi xabarda.

Zudlik bilan ustki va oyoq kiyimlarini echib, o`zini do`stining ortidan suvga otdi, chaqqonlik bilan suzib borib, do`stiga etib oldi. Abdulloh do`sti Shohjahonni qirg`oq tomonga itarib qutqarib qoldi. Lekin o`zi suvga cho`kib ketdi.

Do`stini qutqarishga harakat qilib, o`zi cho`kib ketgan Abdulloh Ro`ziboev Olmazor tumanidagi 134-maktabda ta`lim olgan. U sinfda a`lochi, namunali xulqi bilan boshqalardan ajralib turgan. Uning jasorati barcha yoshlarga o`rnak namunadir, deyiladi xabarda. Abdulloh yaqin qarindoshlari tomonidan 24 yanvar kuni dafn qilindi.

    Boshqa yangiliklar