Aholidan soliq sohasiga oid shikoyat, murojaat va takliflarni tezkor qabul qilish maqsadida «1198» qisqa raqami ishga tushirildi, deb yozmoqda Davlat soliq qo`mitasi rasmiy saytida.
Ushbu raqamga qo`ng`iroqlar respublikaning barcha hududlaridan amalga oshirilishi mumkin.
Shu vaqtga qadar soliq to`lovchilarda Davlat soliq qo`mitasining 244-98-98 raqamli hamda hududiy davlat soliq xizmati organlarida o`rnatilgan «Ishonch telefoni» raqamlari orqali murojaat qilish imkoni mavjud edi. Endi ular qatoriga «1198» raqami ham qo`shildi.






