AsosiyJamiyat

Abiturient-2014: davlat test markazi ogohlantiradi

Hademay yurtimizdagi oliy o`quv yurtlariga hujjatlarni qabul qilish jarayoni boshlanadi. OO`Yuga kirish ishtiyoqida yurgan yoshlar hozirdan tayyorgarlikni boshlab yuborishgan. Vaziyatdan unumli foydalanishga qaror qilgan “uchar” kimsalar abiturientlar uchun soxta qo`llanmalarni ko`paytirib pullash ilinjida bo`lishadi. Ular tomonidan chuv tushirilgan yigit-qizlar ko`p hollarda talabalik baxtidan mosuvo bo`lishadi.  

QALLOBLARGA ChUV TUShMASLIK UChUN ESA...

Yoshlarning vaqtini tejash, ularning bilimlarini mustahkamlash istagida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi  Davlat test markazi qator yo`nalish va fanlardan test savollarini tayyorladi.

2014/2015 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalari, oliy harbiy ta`lim muassasalari, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari (Akademik lisey va Kasb-hunar kollejlari)ga kiruvchilar ta`lim yo`nalishlari bo`yicha test sinoviga tayyorgarlik ko`rish uchun, pedagog xodimlar malaka toifasi olishda mutaxassislik fanlaridan tayyorgarlik ko`rish uchun diagnostik test tizimi yo`lga qo`yildi.

Endilikda barcha xohlovchilar tanlagan yo`nalishlari bo`yicha o`zlarini test topshirish orqali bilim darajalarini sinab borishlari mumkin. Buning uchun esa quyidagi talablarga rioya qilinsa kifoya.

TALABLAR QANDAY?

BIRINChIDAN, buning uchun tanlangan ta`lim yo`nalishi bo`yicha test savollari kitoblari va miqdori buyurtma qilinsa bas.

IKKINChIDAN, Davlat test markazi tomonidan buyurtma asosida test materiallari (savollar kitoblari va javoblar varaqalari) tayyorlanadi hamda belgilangan muddatda belgilangan manzilga jo`natiladi.

BU NIMA BERADI?

Abiturient test sinovi orqali nafaqat o`z bilimini sinab ko`radi, balki savollar kitobi va javoblar varaqasi bilan ishlash ko`nikmasini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo`ladi.

NARXI QANChA?

  • 1 dona savollar kitobi va javoblar varaqasi narxi: oliy, oliy harbiy ta`lim muassasalariga kiruvchilar uchun - 9610 so`m;
  • ta`lim muassasalari pedagog xodimlari uchun - 9610 so`m;
  • o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalariga kiruvchilar uchun - 4805 so`m.

DIQQAT!!!

Test savollar kitoblari va javoblar varaqalarini olish bo`yicha qaerga murojaat qilish mumkinligi haqidagi to`liq ma`lumotlar bilan "Darakchi" gazetasining kecha, ya`ni 17 aprel kuni sotuvga chiqqan 12-sonida tanishish mumkin.

    Boshqa yangiliklar