O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artist Sevara Nazarxon rus tilidagi "Tam net menya" qo`shig`i uchun suratga olingan klipini o`z muxlislariga taqdim etdi. Klip mashhur rejissyor Bahodir Yo`ldoshev tomonidan suratga olindi.
Sevara o`tgan yilgi “Golos” teleloyihasi finalida ushbu taronani ijro etgan va u bilan muxlislar olqishlariga sazovor bo`lgan edi.





