AsosiyJamiyat

Mahallalarda eshigiga alohida belgi qo`yilgan xonadonlar paydo bo`ladi

'Mahallalarda eshigiga alohida belgi qo`yilgan xonadonlar paydo bo`ladi'ning rasmi

Joriy yilning aprel oyida eshiklarida “Bu erda I, II, III darajali “Mehnat faxriysi” nishoni bilan taqdirlangan (F.I.Sh) istiqomat qiladi” yozuvi bo`lgan to`rtburchak shakldagi mis qorishmasidan tayyorlangan belgi o`rnatilgan xonadonlar paydo bo`ladi. Bu haqda O`zA ma`lum qildi.

Bu kimlarning uyi bo`lishini esa Navro`z – umumxalq bayrami arafasida “Mehnat faxriysi” ko`krak nishoniga munosib ko`rilganlar uchun taqdirlash marosimlari tashkil etilganda bilib olamiz.

Ta`kidlash joiz, shu kunlarda fuqarolar yig`ini raisi o`rinbosarlari-keksalar va faxriylar ishlari bo`yicha maslahatchilar rahbarligida “Nuroniylar jamoatchilik kengashi” tomonidan “Mehnat faxriysi” ko`krak nishoniga nomzodlar ro`yxati shakllantirilmoqda.

Mazkur ko`krak nishoni bilan iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, ta`lim, sog`liqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalarda ko`p yillar davomida halol, samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi fuqarolar taqdirlanishi ko`zda tutilgan. Nomzodlarning xizmat va mehnat faoliyati davomida katta ishonch qozonib, obro`ga ega bo`lgani, turli mas`uliyatli lavozimlarda ishlagani, ijtimoiy faoliyati davomidagi tashabbuslari, takliflari, yangi g`oya va fikr mulohazalari bilan ommaviy axborot vositalarida maqolalar chop ettirgani, ko`rsatuv va eshittirishlarda faol qatnashib kelayotganiga e`tibor qaratiladi.

    Boshqa yangiliklar