2017 yilning 31 dekabr kuni rossiyaliklarning Mi-24 rusumli harbiy vertolyoti Suriyaning Hama aerodromidan havoga ko`tarilish vaqtida halokatga uchradi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
11 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2015 yilning sentyabr oyidan beri Damashqning so`rovnomasiga binoan Suriyada bo`lgan mamlakat qo`shinlarini olib chiqish haqida buyruq bergan edi. Shunga qaramay, Xmeymum va Tartis harbiy bazalarida hamon Rossiya qo`shinlari mavjud.
Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Xama aeroportidan 15 kilometr uzoqlikda Mi-24 vertolyoti halokatga uchragan. Halokat oqibatida vertolyotning ikki uchuvchisi ham halok bo`lgan. Bort texnigi jarohatlangan.
Hodisaga texnik nosozlik sabab bo`lgani, vertolyot urib tushirilmagani ma`lum qilindi.






