Gollivud aktrisasi va jurnalist Mariya Menunosga 2017 yilning kuz faslida miya saratoni tashxisini qo`yilgan edi. Aktrisa Yangi yil bayrami arafasida shahardagi Tayms-skver maydonida sevgan insoni, rejissyor va prodyuser Kevin Andergaroga turmushga chiqdi. Bu haqda 24tv nashri ma`lum qildi.
Mariya to`yida boshlovchilik qildi va o`zini eng baxtiyor kelinchak deb e`lon qildi.
Kelin to`yda juda hashamdor oq ko`ylakda namoyon bo`ldi.
U sevgan insoni bilan 20 yildan buyon tanish. Turmush qurish fikri esa aktrisada saraton kasalligi alomatlari aniqlangandan keyin yanada qat`iylashdi.
Qayd etish kerakki, Mariya yil so`nggida og`ir operasiyani boshdan kechirgan va shifokorlar tomonidan kasallik yana xuruj qilishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan. Kevin Mariyani bir daqiqaga bo`lsa-da yolg`iz qoldirgani yo`q.
Ming afsuski, saraton aktrisaga kelgan yagona g`ussa emas. Aktrisaning volidasi ham miya saratoni bilan kurashmoqda.
“Onam uchun yaxshi yangilik! Biz bugun Tayms-skverda turmush quryapmiz. Men eng sovqotadigan, biroq eng baxtli kelinchak bo`laman” - deb yozadi Mariya Instagram‘dagi sahifasida.
Eslatib o`tamiz, aktrisa Mariya Menunos turli seriallardagi rollari orqali tanilgan, 1996 yilda esa “Massachusets go`zali” tanlovi g`olibasiga aylangan.









