O`qing, sizga ham foydasi tegadi!
Hozir uxlasang, albatta, orzularingni tushingda ko`rasan. Agar uyquning o`rniga o`qishni tanlasang, orzularingni hayotda ko`rasan.
Qachonki sen hammasiga juda kech bo`ldi deb o`ylasang, aslida hali erta bo`ladi.
O`qish azobi — vaqtinchalik. Bilmaslik azobi — abadiy.
O`qish — bu vaqt sarflash emas. O`qish — harakat qilish.
Hayot faqat o`qishdan iborat emas. Hayotning mana shu qismini ham bosib o`ta olmasang, nimaga ham qodir bo`la olarding?
Qiyinchilik va tinimsiz harakatdan rohatlan.
Kimki hammasini erta qilsa, o`zining muvaffaqiyatidan haqqoniy rohatlana oladi.
Hammasiga ulgurish imkoniyati barchaga berilmagan, lekin muvaffaqiyat o`z ustida ishlovchi va muammolarni tezda hal qiladiganlarga keladi.
Vaqt uchadi. Hozirgi so`laging ertaga ko`z yoshi bo`ladi.
Agar sen bugun piyoda yurishni xohlamasang, ertaga yugurishga majbur bo`lasan.
Kelajagi uchun nimadir qiladigan odam realistdir.
Sening topadigan puling – olgan biliming darajasiga proporsional.
Bugun hech qachon qaytib kelmaydi.
Hozir xatto dushmanlaring ochlarcha kitoblarni varaqlamoqda.
Qiyinchiliklarsiz maqsadga etib bo`lmaydi.






