AsosiySUG'DIYONA

TILLARANG IT YILI KIMGA QANDAY KELADI?

'TILLARANG IT YILI KIMGA QANDAY KELADI?'ning rasmi

Eshik qoqib turgan 2018 yil - tillarang it yili. Mazkur yilda his-hayajonlar ikkinchi darajali bo`lib, xotirjamlik hukmronlik qiladi. Bu karera, sog`liq, shaxsiy hayotda ham o`z aksini topadi...

2018 yilda omadga erishish uchun yil “sohibi”ning fe`l-atvorini bilish kifoya. Tillarang “it”ning o`ziga xosligi rejali, halol, oliyjanob, do`stona munosabatli va samimiyligida. Kelajak uchun avvaldan reja tuzadilar, syurprizlarni yoqtirishmaydi. Shunday ekan, yangi yil barcha burj sohiblariga uyg`unlik, barqarorlik, xotirjamlik, mamnuniyat baxsh etishi kutilmoqda.

IT YILIDA TUG`ILGANLAR

It yilida tug`ilganlar tilyog`lamalikdan yiroq, hurmatga loyiq ko`rgan odamlari bilangina haqiqiy do`stlik rishtalarini bog`lashadi. Sira hafsalangizni pir qilishmaydi, aksincha sadoqati, halolligi bilan lol qoldirishadi. Begona va yangi tanishlar bilan kamgaplar. Biroq ularga sirlaringizni to`la ishonishingiz mumkin, “it”lar yaxshi tinglovchi. Haqiqat uchun kurashda etakchilik qilib, atrofdagilarning ham manfaatini himoya qilishadi. Ranjitib qo`ymaslik uchun yolg`on ishlatishlari ham mumkin.

Mazkur yilda tug`ilganlar omadsizlik, xafagarchiliklarni yurakka yaqin olishadi. Ruhiy osoyishtalikni tiklash maqsadida gohida yolg`iz ham qolishadi.

Muhabbat bobida benazirlar. Ideal darajadagi munosabatlarni o`rnatishga intilishadi. It yilida tug`ilganlar tinimsiz harakatda bo`lsalargina o`zlarini baxtli his qilishadi. Agar juftingiz it yilida tug`ilgan bo`lsa, uning yugur-yugurlariga hayrixoh bo`lishingizga to`g`ri keladi.

It yili sohiblariga mos juftlik yo`lbars yoki ot.

MUSTAHKAM MUNOSABATLAR

It oilaparvar, shinam va qulaylikni xush ko`ruvchi va harakatdan to`xtamaydigan muchal vakillaridan biri. Kirishimlilarga yangi do`stlar orttirish, yangi munosabatlar o`rnatish qiyin kechmaydi. Totinchoqlar uchun esa ikkilanishlarini chetga surib, atrofdagilar bilan til topishishning fursati keldi. Boisi ushbu yilda o`rnatilgan munosabatlar mustahkam va ishonchli bo`ladi. Itning sodiq va xonadon qo`riqchisi, deya e`tirof etilishi bejiz emas. Shu ma`noda 2018 yilda ko`pchilik o`z juftini topadi, munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqqanlarni ham mustahkam oila baxti kutmoqda.

SOG`LIQ

It – mustahkam sog`liq ramzi. Boisi u faol hayot tarzi bilan yashaydi, toza havo tanga davoligini ham unutmaydi. Sog`ligi haqida qayg`uradiganlar diqqatiga – 2018 yil sportning biror bir turi bilan shug`ullanish uchun qulay fursat. Dam olish kunlarini tabiat qo`ynida o`tkazish ham zarar qilmaydi.

KARERA VA MABLAG`

It yilida vijdonan va qunt bilan bajarilgan ish qadrlanadi. Bu jarayonda ham jismoniy, ham aqliy faollik talab etiladi. Halol mehnatsevarlarni it yili ko`zlagan manziliga eltib, boy qiladi.

    Boshqa yangiliklar