AsosiyJamiyat

2018 YILDA BAYRAMLARDA DAM OLISh KUNLARI KO`PAYaDI

'2018 YILDA BAYRAMLARDA DAM OLISh KUNLARI KO`PAYaDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida”gi Farmoniga muvofiq, 2018 yilda Yangi yil, Navro`z va Mustaqillik kuni davlat bayramlariga to`g`ri kelgan qo`shimcha ishlanmaydigan kunlar qonunchilikda belgilanmoqda, shuningdek, ayrim dam olish kunlarini ushbu bayram sanalariga yaqin bo`lgan ish kunlariga ko`chirilishi amalga oshirilmoqda.

Natijada 2018 yilda bayram kunlarida uzluksiz dam olish davomiyligi qo`shimcha ishlamaydigan kunlarni belgilash va ayrim dam olish kunlarni ko`chirish orqali ta`minlanadi:

Yangi yilga – 5 kalendar kuni (2017 yil 30 va 31 dekabr – kalendar bo`yicha dam olish kunlari, 2018 yil 1 yanvar – ishlamaydigan bayram kuni, 2018 yil 2 yanvar – qo`shimcha ishlamaydigan kun, 2018 yil 3 yanvar – 6 yanvardan ko`chirilgan dam olish kuni);

Navro`z bayramiga – 5 kalendar kuni (18 mart – kalendar bo`yicha dam olish kuni, 19 mart – 17 martdan ko`chirilgan dam olish kuni, 20 mart – ko`shimcha dam olish kuni, 2018 yil 21 mart - ishlamaydigan bayram kuni, 22 mart –
24 martdan ko`chirilgan dam olish kuni);

Mustaqillik kuniga – 5 kalendar kuni (2018 yil 31 avgust – ko`shimcha ishlamaydigan kun, 2018 yil 1 sentyabr – ishlamaydigan bayram kuni, 2 sentyabr – kalendar bo`yicha dam olish kuni, 3 – sentyabr 15 sentyabr shanba kunidan ko`chirilgan dam olish kuni, 4 sentyabr – 8 sentyabrdan ko`chirilgan dam olish kuni).

Yangi yil, Navro`z va Mustaqillik kuni bayram kunlariga qo`shimcha ishlanmaydigan kunlar belgilanishi mehnat ta`tili davomiyligi uch ish kuniga qisqartirilishi hisobiga qoplanishi ko`zda tutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar