AsosiyJamiyat

SURXONDARYo VILOYaTIDA YaNGI EKOTURISTIK YO`NALISh OChILADI

'SURXONDARYo VILOYaTIDA YaNGI EKOTURISTIK YO`NALISh OChILADI'ning rasmi

Surxondaryo viloyatidagi Sherobod tumanida joylashgan Zarautsoy yo`nalishi bo`ylab ekoturizm yo`lga qo`yiladi, deb yozadi O`zA.

Arxeolog olimlar Zarautsoydagi tog` qoyalariga o`yib chizilgan rasmlarning mezolit, neolit davrlariga mansubligini aniqlagan.

«O`tmishdagi ajdodlarimiz qizil oxra bilan ishlagan rasmlarda itlar yordamida yovvoyi buqalarni ov qilish manzaralari mahorat bilan chizilgan. Niqoblangan odamlar, burama shoxli echki, jayron, tulki, tog` echkisi kabi ko`plab yovvoyi hayvonlar yuksak did bilan tasvirlangan», — deyiladi xabarda.

Xabarda qayd etilishicha, 2017 yilda Surxondaryo viloyatiga sakkiz mingdan ortiq xorijlik, 40 mingga yaqin mahalliy sayyoh tashrif buyurdi.

    Boshqa yangiliklar