Moskva shahrining janubi-sharqiy qismida bo`lgan otishmada bir kishi qurbon bo`ldi, to`rt kishi jarohatlandi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Dastlabki taxminlarga ko`ra, otishmaga xo`jalik sub`ektlari o`rtasidagi kelishmovchilik sabab bo`lgan. Voqea Moskva shahrining Ilovayskiy ko`chasidagi 20-uyda sodir bo`lgan. Oqibatda bir kishi qurbon bo`ldi. Huquq-tartibot idorasining bergan ma`lumotiga ko`ra, janjal ishtirokchilaridan biri raqibiga qarata o`q uzgan.






