O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 avgustdagi PF-3205-son farmoniga muvofiq Mubin Muxitdinovich Mirzaev O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining makroiqtisodiy siyosat, bazaviy tarmoqlarni rivojlantirish va xalqaro moliya institutlari bilan ishlash masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar qilindi Davlat rahbarining rasmiy saytida. Shu munosabat bilan u O`zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o`rinbosari lavozimidan ozod etildi.






