Moskva viloyatining Balashixa tumanida kuchli momoqaldiroq tufayli uzilgan elektr simining tokidan bir ayol va bir erkak halok bo`ldi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Dushanba kuni, mahalliy vaqt bilan 21.45 da Balashixa tuman polisiyasi navbatchilik qismiga Saltikovo mikrorayonida sodir bo`lgan hodisa haqida xabar berilgan. Polisiya xodimlari tok urishi oqibatida bir ayol va 1978 yilda tug`ilgan erkakning halok bo`lganligini aniqladi. Hozirda ularning shaxsi aniqlanmoqda.
Voqea joyida ayni paytda tergovchilar, favqulodda xizmat xodimlari ish olib, hodisaga oydinlik kiritilmoqda.






