AsosiyJamiyat

​ShOIR VA YoZUVChILAR, RASSOMLAR, MADANIYaT VA SAN`AT XODIMLARI, JURNALISTLAR MEHNATINI RAG`BATLANTIRISh BO`YIChA QAROR IMZOLANDI

'​ShOIR VA YoZUVChILAR, RASSOMLAR, MADANIYaT VA SAN`AT XODIMLARI, JURNALISTLAR MEHNATINI RAG`BATLANTIRISh BO`YIChA QAROR IMZOLANDI'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev “Madaniyat va san`at tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari mehnatini rag`batlantirish bo`yicha qo`shimcha sharoitlar yaratishga doir chora tadbirlar to`g`risida”gi qarorni imzoladi, deb xabar berdi O`z.A.

Madaniyat va san`at tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, shu sohada mehnat qilayotgan, o`zining badiiy, ijtimoiy-siyosiy ruhdagi ijodiy asarlari bilan xalqimiz ma`naviyatini yuksaltirish, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, o`zaro hamjihatlik va mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga munosib hissa qo`shayotgan shoir va yozuvchilar, rassomlar, madaniyat va san`at xodimlari, jurnalistlar mehnatini rag`batlantirish bo`yicha qo`shimcha sharoitlar yaratish maqsadida:

1. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari shaharlarda barpo etiladigan ko`p kvartirali arzon uylar hamda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilayotgan arzon uy-joylarga muhtoj fuqarolar ro`yxatini belgilangan tartibda shakllantirishda O`zbekiston Milliy axborot agentligi, “O`zbekkino” Milliy agentligi, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilotlar, O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O`zbekiston Badiiy akademiyasi, O`zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a`zolari va xodimlari, jumladan, ushbu sohalardagi iste`dodli va istiqbolli yoshlarning uy-joyga bo`lgan ehtiyoji inobatga olinadi.

2. Quyidagilar:

Ilm-fan, adabiyot va san`at asarlari nashr etilgani uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari – 1-ilovaga muvofiq;

ommaviy ijro uchun dramatik, musiqali va musiqali-dramatik, adabiy asarlar yaratish bo`yicha buyurtmalarni bajargani uchun, haykaltaroshlik asarlari, tasviriy san`at asarlari yaratgani, badiiy loyihalashtirish va konstruksiyalash ishlari uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari, shuningdek, ushbu pul O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan to`langanida uning eng yuqori stavkalari – 2-ilovaga muvofiq;

O`zbekiston Milliy axborot agentligi, televidenie va radio kanallari orqali beriladigan materiallar uchun haq to`lashning eng kam stavkalari – 3-ilovaga muvofiq;

kinofilmlar uchun adabiy ssenariylar, original musiqa va qo`shiqlar matnini yaratgani uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari – 4-ilovaga muvofiq;

kinofilmlar uchun maslahatlar berish bo`yicha mutaxassislar mehnatiga haq to`lashning eng kam stavkalari – 5-ilovaga muvofiq;

kinofilmlar postanovkasi uchun ularning badiiy darajasiga ko`ra suratga olish guruhlarining ijodiy xodimlariga postanovka qilgani uchun to`lanadigan haqning eng kam stavkalari – 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2018 yil 1 yanvardan boshlab amalga kiritiladi.

Belgilansinki, mualliflik haqi va unga doir boshqa to`lov turlarini ushbu qarorning 1-6-ilovalarida belgilangan darajadan kam miqdorda to`lashga yo`l qo`yilmaydi.

3. O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O`zbekiston Milliy axborot agentligi, "O`zbekkino" Milliy agentligi, ijodiy uyushmalar hamda mualliflik haqi va unga doir boshqa to`lov turlarini O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan to`laydigan tashkilotlar yuqorida ko`rsatib o`tilgan maqsadlar uchun sarflanadigan xarajatlarni har yili O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladigan byudjet mablag`lari doirasida bo`lishini qat`iy ta`minlanadi.

4. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining va O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 7-ilovaga muvofiq o`zgartirishlar kiritiladi.

5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.M.Sultonov zimmasiga yuklatildi.

    Boshqa yangiliklar