AsosiyDunyo

​SEHRGARLAR ORAMIZDA YaShAYDI

'​SEHRGARLAR ORAMIZDA YaShAYDI'ning rasmi

Har kuni, har soat va hatto har daqiqada Er yuzida ezgulik borligiga kishini ishontiruvchi ta`sirli voqealar bo`lib turadi. Ammo biz bu mo``jizalarni gohida ko`rmay qolamiz...

Orzular ushaladi

Liverpulda o`n yashar bolakay Leon Eshvort (Leon Ashworth) onasi bilan supermarketda aylanib yurib, ajoyib baxmal pandani ko`rib qoldi va shunchaki bee`tibor o`tib ketolmadi. Lekin onasi keyinroq, pullari ko`p bo`lganda pandani sotib olishga va`da berdi.

Leon pandani boshqa birov sotib olib ketadi deb qo`rqdi. Shuning uchun quti topib, ichiga pandani yashirdi va quti yuzasiga ta`sirli so`zlarni yozib qo`ydi.

Do`kon xodimlari yashirilgan “xazina”ga duch kelishgach, bolakayga orzusidagi pandani sovg`a qilishga qaror qilishdi.

Mushuklar uchun mini-boshpana

Yaponiyaning Ferray Corporation kompaniyasi daydi mushuklarga boshpana beradigan bo`ldi. Jonivorlar endi ofisda yashashadi, xodimlar esa ularni boqishib, g`amxo`rlik qilishadi.

Kompaniya ofisdan shunchaki mini-boshpana yaratishgani yo`q. Kompaniya egalari agar xodimlar ofislariga boshpanasiz jonivorlarni olib kirishsa, besh ienadan to`lashadi. Pirovardida, mushuklar uyli bo`ladi, Ferray Corporation kompaniyasi ofislaridagi odamlar esa kamroq asabiylashib, ish unumdorligi oshadi.

Yaxshilik qilsang – yashir, yaxshilik ko`rsang – oshir

Polisiyachi Brayan Bussell (Brian Bussell) uylaridan majburan ko`chirib chiqarilgan ikki bolali ayolga yordam berdi. Bechoralarning yashashga joylari yo`q edi. Shunda onaizor polisiyaga murojaat etdi. Bussell ayolni tingladi va yordamini ayamadi – avvaliga eng zarur buyumlarni sotib olib berdi va mehmonxona pulini to`ladi. Keyin esa yangi turar-joy topishga ko`mak berdi.

Polisiyachi bu ishlari haqida hech kimga miq etmadi. Lekin minnatdor ayol bu haqda Facebookdagi postiga yozdi. Shundan so`ng Brayan Bussellning kuyinchakligi haqida ko`pchilik bildi.

Quruvchi ko`ppak

Shifoxona xodimining aytishicha, mahalliy ta`mirlovchilarga it yordam berarkan. It kerakli asbob-uskunalarni keltirib beradi. Buning uchun itga maxsus kostyum ham tayyorlab berishgan. Qolaversa, ko`ppakning boshiga xuddi chinakam quruvchilardek kaska ham kiydirib qo`yishgan.

Ilgari ko`ppak boshpanasiz edi, endilikda uning ishi va silab-siypalab erkalaydigan do`stlari bor.

Gepardlar haloskori

Xizer Tuki (Heather Tookey) Afrikadagi “Gepardlar rezervasiyasi”dan gepard bolasini olish uchun 5000 Britaniya funtini sarfladi. Axir, u erda jonivorlar boy mijozlar uchun o`ljaga aylanishi mumkin.

Xizer gepardlarni qutqarish uchun mablag` yig`ishni tashkillashtirdi. Natijada “Rezervasiya”dan barcha gepard bolalarini sotib olib, ularni qo`riqxonalarga jo`natishga muvaffaq bo`lindi.

Adme.ru nashri

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar