AsosiyJamiyat

Xalqaro hamkorlik markazida O`zbekiston – Janubiy Koreya forumi boshlandi

'Xalqaro hamkorlik markazida O`zbekiston – Janubiy Koreya forumi boshlandi'ning rasmi

Poytaxtdagi Xalqaro hamkorlik markazida ochiq dasturiy mahsulotlarni rivojlantirish bo`yicha O`zbekiston – Janubiy Koreya forumi boshlandi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Mazkur anjuman O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Koreya Respublikasining IT-sanoatini rivojlantirish milliy agentligi (NIPA) hamkorligida tashkil etildi. Unda ikki mamlakatning aloqa, axborot texnologiyalari va telekommunikasiyalar, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish kabi qator sohalarga ixtisoslashgan kompaniya va idoralar, ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari, ishbilarmonlar, olimlar, nufuzli ta`lim muassasalari professor-o`qituvchilari ishtirok etmoqda.

Ikki kun davom etadigan forumda dasturiy ta`minot ishlab chiqaruvchilar ishtirokida ochiq kodli dasturlarni jamiyat rivojida qo`llash bo`yicha xalqaro tajriba, erishilgan yutuqlar muhokama qilinadi.

    Boshqa yangiliklar