Liviyada bir guruh qurollangan shaxslar mehmonxonaga bostirib kirib, mamlakatning sobiq bosh vaziri Ali Zeydanni o`g`irlab ketdi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Al Arabiya telekanali bergan ma`lumotga ko`ra, siyosatchini mamlakat poytaxtida faoliyat yurituvchi “Tripoli inqilobchilari brigadasi” nomli qurolli guruh o`g`irlab ketgan.
2012-2014 yillarda Liviya bosh vaziri lavozimida xizmat qilgan Ali Zeydan bundan bir necha yillar muqaddam — 2013 yilning oktyabr oyida boshqa bir qurollangan guruh tomonidan garovga olingan edi. O`shanda o`g`irlangan siyosatchi bir necha soatdan keyin ozod qilingan edi.






