AsosiyDunyo

​TAILANDLIK 91 YoShLI KEKSA AYoL QIROLNING QO`LIDAN BAKALAVR DIPLOMINI OLDI

'​TAILANDLIK 91 YoShLI KEKSA AYoL QIROLNING QO`LIDAN BAKALAVR DIPLOMINI OLDI'ning rasmi

Tailandning Pxayau shahrida yashovchi 91 yoshli, Kimlan Jinakul degan ayol 10 yil deganda inson va oilani rivojlantirish sohasidagi bakalavr darajasiga erishdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Ayol qirolning qo`lidan diplomni olish uchun uyidan 750 kilometr uzoqlikda joylashgan Bangkok shahriga keldi. Yaqinlarining so`zlariga qaraganda, ayol kuchsizlanib qolganiga qaramay, uni poytaxtga olib borishlarini talab qilgan. Kimlan Jinakul 60 yoshdan oshgan fuqarolar uchun ixtisoslashtirilgan Sukhothai Thammathirat ochiq universitetini bitirdi.

Joriy yilda mazkur universitetni 199 nafar pensioner tamomladi. Mahalliy an`analarga ko`ra, qariyalarga diplomni qirollik oilasi vakillari topshiradi. 91 yoshli ayol buni o`ziga sharaf, deb bildi.

    Boshqa yangiliklar